Asosiy kontentga o’tish
FALCON SECURITY

Xizmat

Hujumchi topguncha biz topamiz.

Web, mobil ilova, API va tashqi infratuzilma. Black-box yoki gray-box, OWASP va PTES metodologiyasi bo’yicha; har topilma ekspluatatsiya bilan tasdiqlanadi.

  • Web
  • Mobil
  • API
  • Infratuzilma
Penetration testing

Nima uchun

Muammo

Skaner ma’lum narsani topadi. Biznes-logika xatosi, huquqlarni oshirish zanjiri, noto’g’ri sozlangan integratsiya — bularni odam topadi. Pentest — aynan shu odam ishi: hujumchi qanday fikrlasa, shunday sinaladi.

Bizning javobimiz

Natija nazariy ro’yxat emas: har topilma haqiqatan ekspluatatsiya qilinadi, ta’siri ko’rsatiladi va tuzatishdan keyin qayta tekshiriladi.

Nimalar kiradi

06 modul

Penetration testing

  • Web
  • Mobil
  • API
  • Infratuzilma
  • 01

    Web ilovalar

    OWASP Top 10 va undan tashqarisi: autentifikatsiya, sessiya, huquqlar, biznes-logika, fayl yuklash.

  • 02

    Mobil ilovalar

    iOS va Android: mahalliy saqlash, transport xavfsizligi, API bilan aloqa, teskari muhandislikka chidamlilik.

  • 03

    API

    REST va GraphQL: avtorizatsiya bo’shliqlari, ortiqcha ma’lumot berish, tezlik cheklovlari, obyekt darajasidagi huquqlar.

  • 04

    Tashqi infratuzilma

    Ochiq servislar, versiyalar, konfiguratsiya xatolari, unutilgan subdomenlar.

  • 05

    Black-box va gray-box

    Hech narsa bilmasdan yoki hisob bilan: qamrov va chuqurlik siz bilan kelishiladi.

  • 06

    Qayta tekshiruv

    Tuzatishdan keyin yopilgan topilmalar tasdiqlanadi, ochiq qolganlari qayd etiladi.

Qanday o’tadi

04 bosqich

  1. 01

    Qamrov

    Nimalar tekshirilishi, qaysi usullar ruxsat etilgani va vaqt oynasi yozma tasdiqlanadi.

  2. 02

    Razvedka va skanerlash

    Tashqi yuza xaritalanadi, ma’lum zaifliklar bazasi bilan solishtiriladi.

  3. 03

    Qo’lda tekshirish

    Avtomatika ko’rmaydigan qism: mantiq, huquqlar, zanjirlar. Topilma ekspluatatsiya bilan tasdiqlanadi.

  4. 04

    Hisobot va qayta tekshiruv

    Ustuvorlik bo’yicha hisobot, tuzatish bo’yicha maslahat, keyin retest.

Natijada nima olasiz

  1. 01

    Texnik hisobot

    Har topilma: takrorlash qadamlari, dalil, ta’sir, yopish yo’li.

  2. 02

    Rahbariyat xulosasi

    Umumiy xavf holati, eng muhim uchta masala, nimadan boshlash.

  3. 03

    Retest hujjati

    Yopilgan va ochiq qolgan topilmalarning yakuniy holati.

Qancha davom etadi?

Qamrovga bog’liq: bitta web ilova odatda bir-ikki hafta, keng infratuzilma ko’proq. Muddat qamrov bosqichida aniq aytiladi.

Ishlab turgan tizimga xavf bormi?

Xavfli harakatlar (DoS, ma’lumotni o’zgartirish) oldindan istisno qilinadi yoki test muhitida bajariladi. Vaqt oynasi siz bilan kelishiladi.

Rasmiy xulosa beriladimi?

Ha, tekshiruv o’tkazilgani va yakuniy holat haqida xulosa beriladi — regulyator yoki hamkor talabi uchun.

Qanchalik tez-tez qilish kerak?

Har katta relizdan keyin va kamida yiliga bir marta. Oraliqda BugOne uzluksiz qamrov beradi.

Boshlaymiz

Bepul tashqi tekshiruvdan boshlaymiz

Domeningizni ko’rsating — tashqi hujum yuzangiz va sizib chiqqan hisoblar bo’yicha dastlabki hisobot beramiz. Hech narsa o’rnatilmaydi, hech narsa bloklanmaydi; natijaga qarab qamrov kelishiladi.

  • Subdomenlar, ochiq portlar va muddati o’tgan sertifikatlar
  • Sizishlarda uchragan korporativ hisoblar
  • Eng muhim uchta masala va nimadan boshlash kerakligi

Xabar yozing

Domen, taxminiy hajm va muddatni yozsangiz, birinchi javobda aniq taklif beramiz. NDA — so’rovingiz bilan.