Asosiy kontentga o’tish
FALCON SECURITY

Zaiflikni hujumchidan oldin topamiz.

Sizni hujumchi ko’zi bilan tekshiramiz, sizga qaratilgan kampaniyani oldindan ko’ramiz va insident bo’lsa — birinchi soatni siz bilan o’tkazamiz. Har topilma dalil bilan keladi va yopilguncha kuzatiladi.

Kim biz

Xavfsizlik bir marta sotib olinmaydi. U har kuni quriladi.

Kiberhujum chegara bilmaydi, himoya ham bilmasligi kerak. Falcon Security butun dunyo uchun qurilgan: mijoz qaysi davlatda va qaysi vaqt mintaqasida ishlamasin, standart bitta. Qila olmaydigan narsamizni shartnomaga yozmaymiz — shuning uchun yozganimiz bajariladi.

  1. 01Bitta javobgar: audit, javob va ta’lim bitta jamoadan. «Bu boshqa bo’limning ishi» degan javob bo’lmaydi.
  2. 02Avval o’zimizda: har mahsulot mijozga taklif qilinishidan oldin o’z infratuzilmamizni himoya qiladi.
  3. 03Uchta savolga javob: nima topildi, nima yopildi, nima ochiq qoldi — har hisobot shu tartibda.
Biz haqimizda batafsil

Nega Falcon

Ishonch va natija ustiga qurilgan

Bizni tanlaganlar buni birinchi haftada sezadi.

  • 01

    Sizni biladigan jamoa

    Har mijozga doimiy muhandis biriktiriladi: infratuzilmangizni, odamlaringizni va tarixni biladi. Hujum paytida tanishtirishga vaqt ketmaydi — bitta qo’ng’iroq va ish boshlanadi.

  • 02

    Ikki tomondan ko’ramiz

    BugOne tadqiqotchilari hujum qiladi, javob jamoasi himoya qiladi — ikkalasi bitta uyda. Zaiflik qanday topilishini ham, qanday ishlatilishini ham ichkaridan bilamiz.

  • 03

    Natija, hisobot emas

    Har topilma ekspluatatsiya bilan tasdiqlanadi, ta’siri baholanadi va yopilguncha kuzatiladi. Tuzatishdan keyin qayta tekshiruv — xizmatning bir qismi.

Muammo va yechim

Sizda hozir qaysi biri?

Oltita tipik holat. Har biriga bitta aniq javob: kim, nima qiladi va qachon.

  1. 01

    Hozir hujum ostidasiz

    Server shifrlangan, hisoblar begona qo’lda. Har daqiqa zarar o’sadi.

    Yechim

    Incident Response: birinchi soat ichida lokalizatsiya, dalil saqlangan holda

    Yechimni ochish: Incident Response: birinchi soat ichida lokalizatsiya, dalil saqlangan holda
  2. 02

    Zaiflik bor, qayerdaligi noma’lum

    Skaner ma’lum narsani topadi; mantiq xatosini odam topadi — hujumchi yoki biz.

    Yechim

    Penetration testing, keyin BugOne: yuzlab tadqiqotchi doimiy qidiradi

    Yechimni ochish: Penetration testing, keyin BugOne: yuzlab tadqiqotchi doimiy qidiradi
  3. 03

    Xodimlar paroli allaqachon sotuvda

    Infostealer loglari bir necha soatda forumga tushadi. Ko’pchilik buni hujumdan keyin biladi.

    Yechim

    Data Breach Check: domen bo’yicha tekshiruv, yangi sizishda darhol xabar

    Yechimni ochish: Data Breach Check: domen bo’yicha tekshiruv, yangi sizishda darhol xabar
  4. 04

    Bitta xat — va pul ketdi

    Fishing zararli fayl ishlatmaydi: rahbar nomidan bitta «shoshilinch» xat yetarli.

    Yechim

    Falcon Academy: fishing simulyatsiyasi va o’lchanadigan awareness

    Yechimni ochish: Falcon Academy: fishing simulyatsiyasi va o’lchanadigan awareness
  5. 05

    Hujumni birinchi bo’lib hujumchi biladi

    Umumiy bazalar aynan sizning sektoringizga qaratilgan kampaniyani ko’rsatmaydi — u yerda sensori yo’q.

    Yechim

    Threat Intelligence: sektor va mintaqa bo’yicha kampaniyalar, IOC oqimi SIEM’ingizga

    Yechimni ochish: Threat Intelligence: sektor va mintaqa bo’yicha kampaniyalar, IOC oqimi SIEM’ingizga
  6. 06

    Audit yaqin, bo’shliqlar noma’lum

    O’RQ-547, PCI DSS yoki ISO 27001 yaqin. Hujjat bor, amaldagi holat noaniq.

    Yechim

    Compliance auditi: gap analysis, tuzatish rejasi, tekshiruvgacha yopish

    Yechimni ochish: Compliance auditi: gap analysis, tuzatish rejasi, tekshiruvgacha yopish

Ekotizim

01 / 05

Bir jamoa, bir standart, beshta mahsulot

Incident Response

Incident Response

  • 24/7
  • Lokalizatsiya
  • Forenzika
  • Tiklash

Insident paytida eng qimmat narsa — vaqt. Nima bo’lganini tez aniqlaymiz: qamrov, ta’sirlangan tizimlar, hujum davom etyaptimi — va tarqalishni dalil saqlangan holda to’xtatamiz.

Xizmatlar

08

Bir martalik tekshiruvdan doimiy hamkorlikkacha

Yetuklik darajangizga moslashadi: bitta pentestdan 24/7 javob va muntazam qayta tekshiruvgacha.

Har ishda o’zgarmaydigan uchta narsa

Xizmat qaysi biri bo’lmasin, hisobot bir xil o’lchovda tuziladi.

  1. 01

    PoC bilan tasdiqlangan topilma

    Har zaiflik takrorlash qadamlari va ta’sir bahosi bilan keladi — nazariy ro’yxat emas.

  2. 02

    Ikki hisobot

    Muhandislar uchun texnik, rahbariyat uchun qaror qabul qilish tilida.

  3. 03

    Qayta tekshiruv

    Tuzatishdan keyin yopilgan topilmalar tasdiqlanadi, ochiq qolganlari qayd etiladi.

Jarayon

Qanday ishlaymiz

Har bosqichda shaffof, o’lchanadigan va takrorlanadigan jarayon. Chegara yozma tasdiqlanadi, natija hujjatlashtiriladi.

  1. 01

    Qamrov

    Nimalar tekshirilishi kelishiladi: domenlar, tizimlar, ilovalar, integratsiyalar. NDA va chegara yozma tasdiqlanadi.

  2. 02

    Tahlil

    Avtomatik va qo’lda tekshiruv: tashqi yuza, infratuzilma, ilovalar, foydalanuvchi xulqi. Har topilma ekspluatatsiya bilan tasdiqlanadi.

  3. 03

    Hisobot va tuzatish

    Ustuvorlik bo’yicha tartiblangan texnik hisobot va rahbariyat xulosasi. Tuzatish jarayonida jamoangiz bilan birga ishlaymiz.

  4. 04

    Qayta tekshiruv va kuzatuv

    Yopilgan topilmalar tasdiqlanadi. Keyin — 24/7 javob, threat intel va muntazam qayta tekshiruv.

Har bosqich yozma tasdiqlanadi

Blog

Kerak bo’lishidan oldin o’qib qo’ying

O’z amaliyotimizdan ro’yxatlar va tushuntirishlar.

Barcha maqolalar
  • Bug Bounty

    2 daqiqa

    Bug bounty yoki pentest: qaysi biri birinchi

    Ikkalasi ham zaiflik topadi, lekin har xil savolga javob beradi. Qanday tanlash, qaysi tartibda o’tkazish va bug bounty’ga tayyor ekaningizni qanday bilish.

  • Data Breach

    2 daqiqa

    Parolingiz sizib chiqdi: keyin nima bo’ladi

    Sizib chiqqan parol eski forumdan korporativ pochtangizgacha qanday yetib boradi, nega uni bir joyda almashtirish yetarli emas va odam hamda kompaniya nima qilishi kerak.

Boshlaymiz

Bepul tashqi tekshiruvdan boshlaymiz

Domeningizni ko’rsating — tashqi hujum yuzangiz va sizib chiqqan hisoblar bo’yicha dastlabki hisobot beramiz. Hech narsa o’rnatilmaydi, hech narsa bloklanmaydi; natijaga qarab qamrov kelishiladi.

  • Subdomenlar, ochiq portlar va muddati o’tgan sertifikatlar
  • Sizishlarda uchragan korporativ hisoblar
  • Eng muhim uchta masala va nimadan boshlash kerakligi

Xabar yozing

Domen, taxminiy hajm va muddatni yozsangiz, birinchi javobda aniq taklif beramiz. NDA — so’rovingiz bilan.