Mahsulotfalcon-academy.com
Slayd emas, ish stoli.
Amaliyotchilar uchun kiberxavfsizlik ta’limi: pentest, insidentga javob va SOC — biz har kuni ishlatadigan usullar asosida, laboratoriyada bajariladigan topshiriqlar bilan.
- Kurslar
- Hands-on lab
- Sertifikat
- Korporativ

Nima uchun
Muammo
Kompaniya yoki davlat tashkilotida eng ko’p insident bitta xatdan boshlanadi, eng qimmat insident esa tayyor bo’lmagan texnik jamoada cho’ziladi. Tashqaridan sotib olingan kurs ishga qaytganda unutiladi: u sizning tizimlaringiz, sizning odamlaringiz haqida emas.
Bizning javobimiz
Falcon Academy xodimlaringizni o’z ish joyida tayyorlaydi: oddiy xodim fishingni taniydigan, texnik jamoa insidentning birinchi soatida nima qilishni biladigan bo’ladi. Dastur sizning infratuzilmangiz misolida quriladi, natija raqamda o’lchanadi — tashkilot mutaxassisga ega bo’lib chiqadi.
Nimalar kiradi
06 modulFalcon Academy
- Kurslar
- Hands-on lab
- Sertifikat
- Korporativ
- 01

Penetration testing
Web va API zaifliklari, huquqlarni oshirish zanjirlari, hisobot yozish — laboratoriyada bajariladigan topshiriqlar bilan.
- 02

Insidentga javob
Birinchi soat: nimani uzish, nimani saqlash, dalilni yo’qotmasdan lokalizatsiya qilish.
- 03

SOC analitikasi
Log manbalari, korrelyatsiya qoidalari, triage va eskalatsiya — haqiqiy hodisalar misolida.
- 04

Awareness va fishing simulyatsiyasi
Xodimlar uchun: fishing xatini tanish, BEC sxemalari; natija raqamda o’lchanadi.
- 05

Korporativ format
Dastur jamoangizning kundalik vazifasiga moslanadi: faqat pochta, faqat SOC yoki to’liq yo’nalish.
- 06

Sertifikat
Yakunda ishtirok etgani va qamrab olingan mavzular ko’rsatilgan hujjat; kod bo’yicha tekshirish mumkin.
Qanday o’tadi
04 bosqich
- 01
Diagnostika
Kim qaysi vositani ishlatadi, qayerda to’xtaydi — qisqa suhbat va amaliy topshiriq.
- 02
Dastur
Natijaga qarab dastur yig’iladi: tayyor kurs ustiga qo’yilmaydi.
- 03
Mashg’ulot
Qoida yoziladi, sinaladi, tuzatiladi. Har blok oxirida ishtirokchi o’zi bajargan natijani ko’rsatadi.
- 04
Natija
Bajarilgan ishlar ro’yxati, mavzular hujjati va keyingi qadam bo’yicha tavsiya.
Natijada nima olasiz
- 01
Amaliy ko’nikma
Ishtirokchi tinglagan emas, o’z qo’li bilan bajargan bo’ladi.
- 02
Materiallar
Mashg’ulotdan keyin qoladi; savollar uchun aloqa ochiq.
- 03
Sertifikat
Qamrab olingan mavzular bilan, kod bo’yicha tekshiriladigan.
Savollar
Barcha mahsulotlarBoshlovchilar uchun mosmi?
Yo’nalishga qarab. Awareness uchun tayyorgarlik kerak emas; pentest va SOC yo’nalishlari administrator yoki analitik darajasidagi bazani talab qiladi.
Faqat bizning jamoa uchun o’tkazish mumkinmi?
Ha. Korporativ formatda dastur sizning infratuzilmangiz va vazifalaringizga moslanadi.
Sertifikat akkreditatsiyalanganmi?
Yo’q. Bu Falcon Academy bergan ichki sertifikat: dastur tugallanganini tasdiqlaydi, davlat akkreditatsiyasiga ega emas.
Qaysi tilda o’tadi?
O’zbek yoki rus tilida; materiallar ikkala tilda.
Boshlaymiz
Bepul tashqi tekshiruvdan boshlaymiz
Domeningizni ko’rsating — tashqi hujum yuzangiz va sizib chiqqan hisoblar bo’yicha dastlabki hisobot beramiz. Hech narsa o’rnatilmaydi, hech narsa bloklanmaydi; natijaga qarab qamrov kelishiladi.
- Subdomenlar, ochiq portlar va muddati o’tgan sertifikatlar
- Sizishlarda uchragan korporativ hisoblar
- Eng muhim uchta masala va nimadan boshlash kerakligi